Spektakl bekor qilinadi
Tadbir haqida
Bu oqshom sizning ko‘z o‘ngingizda va bir necha qadam masofada hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan tomosha jonlanadi. Siz musiqa, raqs va sahna makoni yagona jonli bayonotning bir qismiga aylanadigan mutlaqo yangi formatning guvohi bo‘lasiz.
«Spektakl bekor qilinadi» — bu bizga odat tusiga kirgan syujetli hikoyalar va xronologik bayonning antonimi. Boshlanishi juda tanish: buyuk fransuz kompozitori Erik Sati musiqasini ijro etuvchi iste’dodli pianinochi va ikki do‘st, ikki raqqos, ikki xoreograf — ular birgalikda siz uchun spektakl qo‘ymoqchi. Faqat bu amalga oshmaydi. Chunki spektakl… bekor qilinadi. Lekin qanday qilib?
Spektakl tayyor ekanini qanday aniqlash mumkin? Afishalar tayyor va chop etilgan, chiptalar sotilgan bo‘lsa, uni tomoshabinga ko‘rsatish kerakmi? Hamma sen sahnaning afsonasi — Nureyev emasligingni ochiq-oydin bilganda, shou uchun raqsga tushish arziydimi? Aktyorlar tomoshabinlar bilan qanchalik halol bo‘lishi kerak? Sherigi bilan-chi? Va nihoyat, o‘zi bilan?
Qo‘yuvchining boshiga nazar tashlab, u yerda nimalar bo‘layotganini ko‘rish qanday mumkin? Bu inson hamma tushuna olmaydigan ijod va hammaga «yoqadigan», «murakkab» o‘ylarni keltirmaydigan, muallif aytmoqchi bo‘lgan narsaga shubha tug‘dirmaydigan «oddiy» hikoya o‘rtasida qanday tanlov qilishi mumkin?
Va agar uni byudjet, artistlarning imkoniyatlari va gravitatsiyaning o‘zi cheklamasa, «ideal spektakl» qanday ko‘rinishi mumkin edi? Hikoyalar yaratuvchi ijodkor insonning boshiga nazar tashlash qanday bo‘ladi, qachonki shift faqat xayol bo‘lsa?
Aynan shuni biz bu oqshom teatr qo‘yilmalarining barcha odatiy qonunlaridan voz kechib ko‘rishga harakat qilamiz. Biz ijodkor insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, emotsiyalari va cheksiz xayoliga nazar tashlashga harakat qilamiz.
Va hatto e’lon qilingan spektakl bekor qilinsa ham, siz, albatta, mutlaqo yangi va noyob narsani ko‘ra olasiz.